TOLISH TOGʻLARI

TOLISH TOGʻLARI — Kavkazning jan. sharqidagi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (Ozarbayjon bilan Eron chegarasida). Kaspiy dengizi jan. dagi Elburs togʻlarining shim. gʻarbiy davomi. Jan. sharkdan shim. gʻarbga choʻzilgan va togʻ oraliq botiqlari bilan ajralgan 3 ta parallel (Kumurkoʻy, Peshtasar, Burovar) tizmadan iborat. Bulardan eng balandi — qoyali Kumurkoʻy togʻi (2477 m).

Tolish togʻlari sharqda Lenkoran pasttekisligiga tik yon bagʻirlik hosil qilib tushadi. Togʻlarning 900 m dan 2200 m balandliklardagi qismida Kaspiy dengizi tomon nishablashgan tekisliklar mavjud. Tolish togʻlari kaynozoyning flish, vulkanogen va intruziv jinslaridan tashkil topgan. Zilzilalar boʻlib turadi. Togʻlarning sharqiy yon bagʻrida (600 m balandlikgacha) subtropik zona, undan yukrrida relikt daraxtlar (kashtan, bargli eman, temir daraxt va b.), keng bargli oʻrmonzorlar mavjud. Tolish togʻlarining gʻarbiy yon bagʻrida butazorlar, togʻli kserofit va togʻ oʻtloqdasht oʻsimliklar oʻsadi. Termal buloqlar bor.


Lotin alifbosida maqola: TOLISH TOGʻLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
YER
OZARBAYJON
YEVROPA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты