TOLMASOV Mixail Joʻrabekovich

TOLMASOV Mixail Joʻrabekovich (1887, Buxoro —1969.30.3, Samarqand) — maqomchi xonanda, sozanda (tanbur, dutor, doyra). Oʻzbekiston xalq artisti (1936). Ota Jalol Nosirov. Levicha hofiz Boboxonovlardan Shashmaqomning ashula va cholgʻu yoʻllarini oʻrgangan. Ovozi juda yoqimli boʻlib. ashulalarni maqom ijrochiligidagi mumtoz uslubda mahorat bilan aytgan. Turli ansambllar (1920—33), Samarqanddagi mahalliy yahudiylar teatri, Buxoro mahalliy yahudiylar truppasi (1933—38)da xonanda va sozanda, Buxoro viloyati sanʼat boshkarmasi rax,bari (1938—41), Oʻzbek davlat filarmoniyasi krshidagi tojik ashula va raqs ansamblida xonanda, badiiy rahbar (1941—48). Yu. Rajabiy Tolmasov ijrosida «Savti Ushshoq», «Savti Navo», «Moʻgʻulchai Dugoh», «Moʻgʻulchai Segoh» (shoxobchalari bilan) notaga olib, Shashmaqom nashrlarida keltirgan. Tolmasov ijrolari gramplastinkalarga ham yozilgan. Bastakor sifatida «Najot», «Zulmi amir» musiqali komediyalarga kuy bastalagan.


Lotin alifbosida maqola: TOLMASOV Mixail Joʻrabekovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHASHMAQOM
RAJABIYLAR
AMIR TEMUR
TOJIKISTON
MULLAQANDOVLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты