VANXON TOʻGʻRIL

VANXON TOʻGʻRIL (12-13-a. lar) – hoz. Moʻgʻuliston, Yettisuv va Oltoy oʻlkasida hukmronlik qilgan kerey (kerait) qabilasi rahbari. Markaziy Osiyoning koʻpchilik qabilalari, shu jumladan moʻgʻullar ham Vanxon Toʻgʻril qoʻl ostida boʻlgan. Shu paytlarda Markaziy Osiyoda oʻzaro ichki qabilalararo va qoʻshni davlatlar bilan mojarolar yuz berayotgan edi. Ayniqsa kerait va nay-manlar orasidagi ziddiyat kuchli edi. Moʻgʻullar naymanlarni qoʻllab-quvvatlashgan. Vanxon Toʻgʻril bir oz vaqt Chingizxon bilan ittifoq tuzib, birga jang qilgan, lekin keraitlar va moʻgʻullar oʻrtasida bir-birlariga nisbatan dushmanlik tugilgan. Bunda naymanlar rahba-ri Tayonxon (V. T. ga ona tomondan qarindosh) moʻgʻullarga yordamlashgan. Nekunuysin mavzeida boʻlgan jangda Vanxon Toʻgʻril oʻldirilib, kallasi Tayonxonga joʻnatilgan. Vanxon Toʻgʻril avlodlari 13-a. boshlarida nayman va b. qabilalar bilan birga asosan Qozogʻiston yerlariga oʻrnashib, mahalliy turkiy xalqlar tarkibiga kirgan.


Lotin alifbosida maqola: VANXON TOʻGʻRIL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NAYMAN
TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
QOZOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты