TOLSTOY Aleksey Nikolayevich

TOLSTOY Aleksey Nikolayevich [1882.29.12(1883.10.1), hoz. Saratov viloyati, RF — 1945.23.2, Moskva] — rus yozuvchisi, jamoat arbobi. SSSR FA akad. (1939). Peterburg Texnologiya intida oʻqigan (1901—07). 1918—23 y. larda Parijda yashagan. Ilk toʻplami — «Lirika» (1907). «Gʻalati odamlar» nasriy toʻplami (1911) va «Oqsoq boy» (1912) romanida zodagonlar hayoti aks etgan. «Aelita» (1922—23) va «Injener Garinning moʻjizasi» (1925 — 27) ilmiyfantastik romanlari bor. «Sarsonlik — sargardonlikda» trilogiyasi («Opasingillar», 1922; «Oʻn sakkizinchi yil», 1927—28; «Bulutli tong», 1924—41) rus ziyolilari haqida. «Ulugʻ Pyotr» tarixiy romani (1kitob, 192930; 2kitob, 193334; 3kitob tugallanmagan)da Pyotr I zamonining ijtimoiytarixiy vokealari aks etgan. Tolstoy shu mavzuda pyesa (1934 — 1938) va kinossenariylar ham yozgan. Italyan folklori motivlari asosida «Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari» kitobi (1936) bolalarga bagʻishlangan. 2jahon urushining boshlanishi bilan aksar rus, ukrain va belorus yozuvchilari qatori, Tolstoy ham 1941-y. noyab. da Toshkentga kelgan. U shu yerda «Ivan Grozniy» dilogiyasining 1-qismini tugatib, ushbu dilogiyaning 2qismi «Mashaqqatli yillar» (1942)ni va «Yovuz kuch» pyesasini yozgan. «Buyuk Pyotr» romani va «Sarsonlik — sargardonlikda» trilogiyasiga esa sayqal bergan. Shuningdek, sovet axborot agentligining muxbiri sifatida markaziy va respublika gaz. lari uchun, jumladan, oʻzbek xalqining urush yillaridagi hayotiga bagʻishlangan publitsistik maqolalar yozgan. Shu yillarda Oʻzbekistondagi adabiy hayotda faol ishtirok etgan. Oybek, Hamid Olimjon, Shayxzoda, Izzat Sulton, Yashin va b. bilan ijodiy aloqada boʻlgan.

As: Rus xalq ertaklari, Tolstoy, 1951; Hikoyalar, Tolstoy, 1954; Sarsonlik — sargardonlikda [trilogiya], T., 1949—53; Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari, Tolstoy, 1955; Injener Garinning moʻjizasi [roman], T., 1961; Aelita [ilmiyfantastik roman], T., 1982, Ulugʻ Pyotr |roman], 12kitob, Tolstoy, 1973-74.

Ad.: Vekeler I. I ., Aleksey Nikolayevich Tolstoy. Jiznennыy i tvorcheskiy put, L., 1948; Petelin V. V., Sudba xudojnika. Jizn, lichnost, tvorchestvo A. N. Tolstogo, M., 1982.


Lotin alifbosida maqola: TOLSTOY Aleksey Nikolayevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
YAPONIYA
XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты