TOLUOL

TOLUOL (ispancha tolu — Tolu balzami — shundan ilk bor Toluol olingan) , metilbenzol, S6N5SN3 — aromatik uglevodorod; yonuvchan, rangsiz suyukdik, benzol hidi keladi; qaynash trasi 110,6°; zichligi 870 kg/m3 (20° da). Koʻpchilik organik erituvchilar bilan aralashadi. Toluol baʼzi neftlar, toshkoʻmir smolasi va koks gazida boʻladi. Sanoatda neft fraksiyasini termik ishlash mahsulotlaridan olinadi.

Issiqqa chidamli. Piroliz natijasida murakkab uglevodorodlar (benzol, ditolil, naftalin, antratsen) hosil boʻladi. Toluolni radiolizlab, ditolil, benziltolil, dibenzil olinadi. Toluolni 500— 700° da vodorod bosimi (40—60 atm) ostida dimetillab, undan sanoatda benzol ishlab chiqariladi. Toluolni katalitik oksidlab, benzil spirt, benzaldegid, benzoy kislota, malein angidrid hosil qilinadi.

Toluol kaprolaktam boʻyoklar, portlovchi moddalar (trinitrotoluol), farmatsevtik va turli yarim mahsulotlar olishda ishlatiladi. Plastmassalar, lokboʻyoq, tipografiya boʻyoqlari olishda, rezina sanoatida erituvchi sifatida qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: TOLUOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YER
NEFT
BENZOY KISLOTA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты