TOLYATTI

TOLYATTI (1964-y. gacha Stavropol) — RF Samara viloyatidagi shahar. Volga daryosidagi port. T. y. stansiyasi. Kuybishev suv omborining chap sohilida. Aholisi 716,3 ming kishi (1998). 3 shahar tumani bor. T. ga 1737-y. asos solingan. Volga GES suv omboriga suv toʻldirilishi munosabati bilan (1950-y. lar oʻrtalarida) shahar butunlay yangi joyga koʻchiriddi. 1964-y. da P. Tolyatti nomiga qoʻyildi.

Volga avtomobil zdining qurilishi (1967—72) shahar taraqqiyotiga muxim taʼsir koʻrsatdi. Mashinasozlik va metallsozlik («Avtovaz» bosh korxonasi) yetakchi oʻrinda; transformatorlar ishlab chiqariladi, kema taʼmirlashmexanika zdi faoliyat koʻrsatadi. Kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va b.) rivojlangan. 2 ilmiy tadqikrt inti, politexnika inti, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.


Lotin alifbosida maqola: TOLYATTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты