VARAQISIMONLIK

VARAQISIMONLIK — togʻ jinslarining parallel yupqa qatlamlar hosil qilib joylashishi. Zarb bilan urganda qatlamlar parallel tekisliklar boʻyicha ajralib ketadi. Varaqisimonlik mexanik togʻ jinslari anizotropiyasi boʻlib dinamometamorfizm jarayonida togʻ jinslaridagi plastinkasimon va choʻziq minerallar (slyudalar, rogovaya obmanka, xloritlar) ni qayta kristallanishi va aylanishi natijasida bir xil oriyentirda joylashadi. Varaqisimonlik regional (katta maydonlarda) va mahalliy (tektonik yoriqlar boʻylab siljishlar natijasida) boʻladi. Varaqisimonlik koʻpincha burmalanish paytida vujudga keladi. Odatda Varaqisimonlik burma oʻqdari tekisligiga subparallel yoʻnalgan. Shuningdek, Varaqisimonlik klivajla hosil boʻlishi mumkin, bunda siqilish oʻk,iga perpendikulyar boʻlgan tekislikda kristallar yassilanib, jins yassi parallel yoʻnalgan ichki tuzilishga ega boʻladi. Slaneslar uchun xarakterli. Baʼzi bir geologlar Varaqisimonlikni klivajning sinonimi deb hisoblaydilar.


Lotin alifbosida maqola: VARAQISIMONLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI
TOSHKENT
MINERAL
TOGʻ JINSLARI TUZILISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты