VARVARIZMLAR

VARVARIZMLAR (yun. barbaros — aynan ajnabiy) — maʼlum bir tilga chet tillardan kirib kelgan, tilda toʻla oʻzlashmay, yotligi bilinib turadigan soʻz va iboralar. Varvarizmlar asosan soʻzlashuv uslubiga xos, tilning adabiy meʼyorini buzadi va uning asosiy lugʻat tarkibiga kirmaydi. Varvarizmlardan baʼzan badiiy adabiyotda mahalliy muhitni berish, obrazlarni xoslashtirishda foydalaniladi. Mas., V. iyemni («Xanka», «Tanka»), pulni («koʻkidan» bormi — dollar bormi), lavozim va shaxsni («mer», «shef», «bos», «baron») va h. k. ni anglatadi, shuningdek mazax kilishda foydalaniladi. Oʻzbek tili dav-lat tili maqomini olgach, turli tillar-dan, ayniqsa rus tilidan kirgan Varvarizmlardan («madam», «bratan», «zemlyak», «paxan», «dedulya» va b.) oʻzbek soʻzlashuv tili faol tozalana boshladi.


Lotin alifbosida maqola: VARVARIZMLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



LUGʻAT
ROSSIYA
Макс Корж - Значит ночь прошла не зря
TOSHKENT
JAHON TILLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты