VARGAS (Varqas) Jetuliu Dornelis (1883.19.4, San-Borja – 1954.24.8, Rio-de-Janeyro) — Braziliya prezidenta (1930-45 va 1951-54). 1937-y. fashistlar Italiyasidagi kabi «yangi davlat» tuzumi oʻrnatgan. 1945-y. Braziliya trabalistlar (ishchilar) partiya-siga asos solgan. Sanoatda davlat sek-torining taraqqiy etishiga imkon bergan.