VARDONXUDOT

VARDONXUDOT — hoz. Buxoro vohasining shim.-gʻarbiy qismida joylashgan kichik davlat (6-a. oxiri —8-a. boshi) — Vardonze podshoxlarining unvoni. Vardonxudot Zarafshon vodiysidagi hukmdorlar ichida eng kuchlisi boʻlgan. Shuning uchun ham 8-a. boshida Turkistonga kelgan arab fotihi Qutayba ibn Muslim V. bilan boʻladigan toʻqnashuvga alohida eʼtibor bergan. Buxoro tarixchisi Narshaxiyning yozishicha: «… Bir vazir Turkistondan kelgan edi: nomi Vardonxudot: Vardona yerlari unga tegishli edi. Qutaybaga u bilan koʻp urush qilishga toʻgʻri kelgan edi…». «Tarixi Tabariy»da hikoya qilinishicha, jangda arab qoʻshinlari Vardonxudotdan yengilgach, Qutayba hiyla ishlatib Vardonxudotga yordamga kelgan sugʻd hokimi Tarxun bilan sulh tuzib, dushmanni zaiflatib, soʻngra uning ustidan gʻalaba qilgan (708—709-y. lar).


Lotin alifbosida maqola: VARDONXUDOT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
IBN SINO
ROSSIYA
TEMURIYLAR
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты