VARZOB

VARZOB, Dushanbadaryo — Tojikistonning gʻarbidagi daryo, Kofarnihon daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 71 km, havzasining mayd. 1740 km2. Hisor tizmasining jan. yon bagʻridagi (4000 — 4800 m) doimiy qor va muzliklardan boshlanadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 54 mʻ/sek (Dushanba sh.). V. sersuv, maksimal suv sarfi apr. oylariga toʻgʻri keladi. Varzob yuqori qismda tor va chuqur vodiyda, serostona va juda nishab oʻzanda oqadi, sharsharalar bor. V. ning sugʻorish va energetikada ahamiyati katta. Varzobda GES kaskadlari ishlab turibdi. Varzob buyida Dushanba sh. joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: VARZOB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SIRDARYO
AMUDARYO
DARYO
TOSHKENT
KOFARNIHON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты