TOMSK

TOMSK — RF Tomsk viloyatidagi shahar (1782-y. dan), viloyat markazi. Tom daryosining oʻng sohilida. Daryo porti. Tomsk stansiyasi, daryodan t. y. ga, temir yoʻldan daryoga yuk ortiladigan punkt. Aeroport bor. Aholisi 478 ming kishi (1998). 3 shahar tumani mavjud.

Tomsk 1604-y. da vujudga kelgan. 1804 — 1925-y. larda gubernya markazi. Shahar 19-a. ning 30-y. lari oxiridan, Tomsk va Yenisey gubernyalarida koʻplab oltin qazib olina boshlashi munosabati bilan, Sibirning muhim savdo, hunarmandchilik va tranzit markazi boʻlib qoldi. Tomskda 1880-y. da Rossiyaning Osiyo qismida birinchi unt, 1896-y. da Sibirda birinchi oliy texnika oʻquv yurti — texnologiya inti ochilgan. 1880-y. dan Tomsk podsho Rossiyasining surgun joyi edi.

Tomskda mashinasozlik va metallsozlik (priborsozlik, elektrotexnika sanoati, podshipniklar, asboblar va b.), kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoatlari rivojlangan. Qurilish materiallari korxonalari bor. Shaharda Rossiya FA Sibir boʻlimining ilmiy markazi; 6 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), 3 teatr, muzeylar (shu jumladan, Tomsk unti muzeyi), Botanika bogʻi mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan: Voskresenskaya cherkovi (18-a. oxiri — 19-a. boshlari), savdo rastalari (18—19-a. lar) saklangan.


Lotin alifbosida maqola: TOMSK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA
OLIY OʻQUV YURTLARI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты