VARIKAP

VARIKAP (ing. vari (able) — oʻzgaruvchan va car (acitu) — sigʻim) — yarim-oʻtkazgichli elektr kondensator. Elektr sigʻimi qoʻyilgan kuchlanishga bogʻliq boʻladi. Varikap kremniy, germaniy va galliy arsenid asosida tayyorlanadi. Tashqi elektr maydoni Varikap dagi zaryadni va elektr sigʻimni oʻzgartiradi. Varikapning ikkinchi turi fotovarikapdir. U yarimoʻtkazgichli fotoelement. Unda elektr sigʻimi sirtga tushayotgan yorugʻlik oqimi intensivligiga bogʻliq boʻladi. Shu qonuniyatga asoslanib, Varikapdan yorugʻlik taʼsirida boshqariladigan elektr sigʻim sifatida foydalanish mumkin. Varikap hisoblash texnikasida, radioelektronika va b. sohalarda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VARIKAP haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YORUGʻLIK
GALLIY
FIZIKA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты