VARIKOND

VARIKOND (ing. vari (able) – oʻzgaruvchan va cond (enser) — kondensator) — tashqi elektr maydoni taʼsirida sigʻimi oʻzgaradigan kondensator. Varikond segneto-elektriklarning dielektrik singdiruvchanligi tashqi elektr maydoniga bogʻliqligiga asoslangan. Varikond tayyorlanadigan material (mas., bariy titanat)ga turli aralashmalar qoʻshib, uning xususiyatini oʻzgartirish mumkin. Varikond dielektrik kuchaytirgichlarda vakuum lampalar oʻrnida ishlatiladi. Uzoq, muddat ishlaydi, yengil, zarbalarga chidamli. Varikondning quvvatni kuchaytirish koeffitsiyenti katta. Varikond elektr signallarni oʻzgartiradi va kuchaytiradi, tok va kuchlanishni bir meʼyorda ushlab turadi, quvvatni oshiradi va b. Avtomatika, elektronika, hisoblash texnikasi, radioelektronika qurilmalarida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VARIKOND haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ELEKTRONIKA
YER
BARIY
VAKUUM TEXNIKASI
OʻZGARUVCHAN TOK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты