VARIKOTSELE

VARIKOTSELE (lot. varix — kengaygan vena va yun. kele — oʻsma) — erkaklar urugʻ tizimchasi venasining kengayishi va uzayishi. Koʻproq urugʻ tizimchasi venasining buyrak venasiga burchak hosil qilib qoʻshilishidan vujudga keladi. Baʼzan ogʻir jismoniy ish qilish sabab boʻladi. Varikotseleda asosan urug tizimchasining chap tomoni kasallanadi; 17—30 yoshli kishilarda uchraydi, bolalar va keksalarda ahyon-ahyonda kuzatiladi. Urugʻ tizimchasi venasidagi morfologik oʻzgarishlarga, shuningdek kasallikning klinik koʻrinishiga qarab, Varikotselening 3 bosqichi farq qilinadi. Bemorlarning koʻpchiligida (71% i da) 1-bosqich kuzatiladi; ular oʻzlarini deyarli sogʻlom his qiladilar. Kasallikning 2-bosqichida (20%) chap tomondagi moyak va yorgʻoq pastroq turadi. Kishi jismoniy toliqqanda moyak sohasi simillab ogʻriydi va ogʻirlashgandek seziladi; yorgʻoqni koʻtaruvchi muskul boʻshashadi. urug tizimchasi yoʻgʻonlashadi. Bemorlarning 9% ida 3-bosqich kuzatiladi; moyak shishadi va burishib qoladi, moyak, bel va dumgʻaza sohasi ogʻriydi, jinsiy faoliyat susayadi. Davo kasallikning kechishi va bosqichiga qarab olib boriladi. Varikotselening asosiy sababi bartaraf etiladi, Venani bogʻlash yoki embolizatsiyalash operatsiyasi qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: VARIKOTSELE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
BOLALAR ADABIYOTI
KIYIM
BUYRAK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты