TOMCHI ANALIZ

TOMCHI ANALIZ — sifat va yarim miqdoriy kimyoviy analiz usuli. Tomchi analizda tekshirilayotgan eritma yoki modda bir necha tomchi mikdorida olinadi. Muayyan sonlarni aniqlash uchun filtr qogʻozi, yupqa shisha, tomchi plastinkasi va mikrotigelda oʻtkaziladigan rangli reaksiyadan foydalaniladi. Tomchi analizda sezgirligi va selektivligi yuqori moddalar qoʻllanadi. Shu tufayli, aniklanayotgan ionlar tekshirilayotgan eritmadagi boshqa moddalar ishtirokida topiladi. Yarim miqdoriy aniklash usuli (tomchi kolorimetriya) filtr qogʻozida paydo boʻlgan dogʻ rangini standart rangga solishtirishga asoslangan. Tomchi analiz usuli organik va anorganik moddalarning sofligini nazorat qilishda; ruda va minerallarni analiz qilishda, biokimyoviy analizda va b. da qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: TOMCHI ANALIZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHISHA
YER
ANALITIK KIMYO
KIMYO
Bojalar guruhi - Topiladi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты