TOMCHILATIB SUGʻORISH

TOMCHILATIB SUGʻORISH — suvni maxsus quvurlar yordamida bevosita oʻsimliklarning ildizlari atrofiga kichik meʼyorlarda tomizib sugʻorish. Tomchilatish uchun quvurlarda maxsus tomizgichlar — mikrogʻovak devorlar yoki maxsus teshikchalar qilinadi. Suv sarfi, odatda, soatiga 4—5 l atrofida boʻladi. Suv bilan birga eritilgan oʻgʻit va pestitsidlar berish ham mumkin. Sugʻorish quvurlari orasidagi masofa oʻsimliklarning qator oralari oʻlchamiga bogʻliq boʻlib, 0,8 m dan (dala ekinlari uchun) 6 m gacha (bogʻlar uchun) oʻzgarishi mumkin. Uz. esa odatda 200 m dan oshmaydi. Tomizgichlar orasidagi masofa esa tuproq sharoitlariga bogʻlib boʻlib, 0,5—1,0 m atrofida, Tarqatuvchi quvur yopiq usulda joylashtiriladi, sugʻorish quvurlari esa har yili sugʻorish mavsumi oldidan oʻrnatilib, mavsum oxirida yigʻishtirib olinadi. Tomchilatib sugʻorishning afzalliklari: suv sarfini 30—50% ga kamaytiradi, ekinlar qosildorligi ortadi, begona oʻtlar kamayadi (sugʻorish quvurlari oʻrnatilmagan qator oralari quruq boʻlib, begona oʻt chiqmaydi), mehnat sarfi kamayadi.


Lotin alifbosida maqola: TOMCHILATIB SUGʻORISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BEGONA OʻTLAR
PESTITSIDLAR
YER
BOGʻ TUZISH SANʼATI
YOPIQ SUGʻORISH TIZIMI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты