TONGA (Tonga), Tonga Qirollig i (The Kingdom of Tonga) — Tinch okeanning jan. gʻarbiy qismidagi va Polineziyadagi Tonga arxipelagida joylashgan davlat. Mayd. 748 km2. Aholisi 106,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Nukualofa sh. Maʼmuriy jihatdan 6 okrug (district)ra boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Tonga — konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1875-y. da qabul kilingan, keyinchalik unga qoʻshimcha va tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1965-y. dan Taufaʻaxau Tupou IV). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Qonun chiqaruvchi assambleya, ijrochi hokimyatni qirol va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati. Tonga arxipelagi (Doʻstlik orollari) Tinch okeanning jan. gʻarbidagi va Polineziyadagi vulkan va marjonlardan hosil boʻlgan bir qancha orollardan iborat. Ularning tarkibida uch asosiy guruh: Tongatapu, Xaapay, Vavau o. lari hamda bir qancha mayda va odam yashamaydigan orollar bor. Tonga arxipelagi orollari 2 parallel suv osti tizmasida joylashgan boʻlib, gʻarbiy tizma (uz. 700 km dan koʻproq) togʻli vulkanik orollardan (eng baland joyi Kao o. da, 1030 m), sharqiy tizma uncha baland boʻlmagan marjon orollardan iborat. Harakatdagi vulkanlar, shu jumladan, suv osti vulkanlari bor. Iklimi — tropik, dengiz iklimi. Dek. —apr. issiq, nam, may—noyab. salqin va quruq oylar. Yanv. ning oʻrtacha trasi 26°, avg. niki 20°. Yillik yogʻin 2000 mm. Tuprogʻi unumdor qizil tuproq, orollar namsevar tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Hayvonot dunyosi ilon, kaltakesak va qushlarning 30 ga yakin turi, kalamush va sichkrn, toshbaqa, dengiz mollyuskalaridan iborat; baliq koʻp.
Aholisining aksariyati (98%) — tongalar. Boshqa orollardan kelgan polinezlar va yevropaliklar ham bor. Dindorlarning koʻpchiligi protestant; katoliklar ham bor. Rasmiy til — tonga va ingliz tillari. Aholining 43% shaharlarda yashaydi. Tarixi. Mil. av. 2ming y. likda orollarga polinezlar koʻchib kelgan. Mil. 10-a. da davlat uyushmalari paydo boʻlgan, ularni qabila boshliqlari idora qilgan. Bu yerga 17-a. da golland dengizchi sayyoxlar yetib borgan. 1845-y. Xaapay o. lari kabila boshligʻi orollar guruxini birlashtirishga erishdi. Tongani egallash uchun Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSH oʻrtasida keskin kurash boʻlib, natijada 1900-y. T. Buyuk Britaniya protektorati ostidagi oʻzini oʻzi idora qiluvchi davlat deb eʼlon kilindi. 1967-y. gi Buyuk Britaniya — T. bitimi Buyuk Britaniyaning orollar ustidan nazoratini chekladi. 1970-y. 4-iyunda Tonga mustakillikka erishdi. Tonga — 1999-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 4 iyun — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1970).
Siyosiy partiyalari. Inson huquqlari va demokratiya uchun harakat; Xalq partiyasi, 1994-y. tuzilgan. Tongada kasaba uyushmalari yoʻq.
Xoʻjaligi. Tonga — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Iktisodiyotining asosi qishloq xoʻjaligi. (yalpi ichki mahsulotning 32%). Aholining 90% shu sohada band.
Eksport uchun banan, ananas, kokos palmasi (kopra), sitrus mevalar, mahalliy ehtiyoj uchun batat, yams, maniok, taro yetishtiriladi. Qoramol, choʻchqa, echki, uy parrandasi boqiladi, baliq ovlanadi, yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoati qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlaydigan va taxta tiladigan mayda korxonalar, tikuv fkasidan iborat. Avtomobil yoʻllari uz. — 650 km dan ziyod. Asosiy dengiz portlari (savdo markazlari) — Nukualofa va Neiafu. Tonga chetga kopra, banan, tropik mevalar, dengiz mahsulotlari, qovun, vanil, pomidor chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat (qand, choy, kofe va b.), sanoat mollari oladi. Yangi Zelandiya, Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — paanga.
Maorifi. Boshlangʻich taʼlim bepul, 6—14 yoshdagi bolalar uchun majburiy. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari ped. kollejida tayyorlanadi. Okean sohilidagi orombaxsh plyajlar va Nukualofadagi qirol saroyi Tonganing diqqatga sazovor joylaridir.
Matbuoti va radioeshittirishi. «Tonga kronikl» («Tonga voqealari», ingliz va tonga tillarida chikdsigan hukumat haftanomasi, 1964-y. dan), «Tonga Tayme», («Tonga vaqti», ingliz va tonga tillarida chiqadigan haftanoma, 1989-y. dan); «Keleʻa» («Chiganoq», tonga tilida yiliga 6-marta chikdsigan siyosiyiqtisodiy jurnali, 1986-y. dan). Tonga radioeshittirish komissiyasi hukumatga qarashli boʻlib, 1961-y. tashkil etilgan.