VARROOZ

VARROOZ, varroatoz — asalarilar va ularning urugʻlarini zararlaydigan kasallik. Varroa jacobsoni kanasi qoʻzgʻatadi. Kanalar koʻproq asalarilarning qanoti osti, choti, qorin qismida parazitlik qiladi. Asalarilar oilasining kuchsizlanishi va halok boʻlishiga olib keladi. Kasallangan asalarilarning qanotlari yemiriladi, koʻkrak va qorni kichrayib ketadi, erkak asalari ona asalari bilan juftalasha olmaydi.

Oldini olish va qarshi kurash choralari: karantin va veterinariya-sanitariya tadbirlari,asalari oilalariga fenotiazin, varroatin, timol, chumoli kislota, varrobrabulin bilan ishlov beriladi (q. Asalari).


Lotin alifbosida maqola: VARROOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KANALAR
VETERINARIYA XIZMATI
KARANTIN
ASALARI
VETERINARIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты