TONIK SHEʼR TIZIMI

TONIK SHEʼR TIZIMI (yun. tonos — urgʻu) — misralardagi urgʻu mikdori bilan oʻlchanadigan sheʼr tuzilishi, unda urgʻusiz soʻzlar mikdori ixtiyoriy boʻladi. Tonik sheʼr tizimi ham sillabik sheʼr tizimi kabi eng oddiy sheʼr shakllaridan hisoblanadi. Sillabik sheʼr tizimi qoʻshiqbop va kuybop sheʼrlarda qoʻllansa, Tonik sheʼr tizimi turli xalklarning nasriy shakllarida, koʻproq maqol, matal, topishmoklar va b. da ishlatiladi. Tonik sheʼr nasrga yaqin boʻladi, u, odatda, alliteratsiyali, qofiyadosh misralar uygʻunligini ajratib koʻrsatish uchun xizmat qiladi. Qofiyalanmagan Tonik sheʼr tizimi qofiyalangan tonik sheʼrlardan keskin farkdanadi, yaʼni u misralararo urgʻularning bir xilligiga qatʼiy amal qiladi. Agar urgʻuli boʻgʻinlar bilan urgʻusizlari maʼlum tartibda kelsa, Tonik sheʼr tizimi bilan sillabiktonik sheʼr oʻrtasidagi oraliqsheʼr shakli vujudga keladi. Bunda sheʼriy oʻlchov ham ishtirok etadi. Hozirda rus sheʼriyatida Tonik sheʼr tizimi ham, sillabiktonik sheʼrlar ham baravar yaratilmoqda. Rus shoirlarining oʻzbekcha tarjima qilingan asarlarida Tonik sheʼr tizimi qoidalariga rioya kilinadi.


Lotin alifbosida maqola: TONIK SHEʼR TIZIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SHEʼR TUZILISHI
SILLABIK SHEʼR TIZIMI
SILLABIK TONIK SHEʼR TIZIMI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты