VARSHAVA KNYAZLIGI (Varshava gersogligi) — Tilzit sulhi (1807) ga koʻra Napoleon I tomonidan Prussiya (1807) va Avstriya (1809)dan tortib olingan Polsha yerlarining birlashishi natijasida tashkil topgan davlat. Fransuz qoʻshinlari 1812 i. Rossiyada tormor etilgach, 1814—15 y. lardagi Vena kongressiga binoan Varshava knyazligi hududi Rossiya, Avstriya va Prussiya davlatlari oʻrtasida boʻlib olingan.