VARSHAVA SHARTNOMASI

VARSHAVA SHARTNOMASI — sobiq sotsialistik lager davlatlari — Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Ruminiya, SSSR va Chexoslovakiya oʻrtasida 1955-y. 14-mayda Varshavada Shim. Atlantika pakti (NATO)ga qarshi tuzilgan harbiy ittifoq. Varshava shartnomasi oʻz ustavida BMT Ustavining 51-moddasiga muvofiq, yakka va jamoa boʻlib, oʻz-oʻzini himoya etish toʻgʻrisidagi qoidaga asoslanib, Varshava shartnomasiga aʼzo davlatlar oʻrtasida doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro yordam koʻrsatishni koʻzda tutgan boʻlsada, aslida sotsialistik tuzumga xizmat qildi, xalqlar va millatlarning oʻz takdirlarini oʻzlari belgilash toʻgʻrisidagi xalqaro huquq qoidasini qoʻpol ravishda buzdi. Bu Vengriya (1956-y.), Chexoslovakiyadagi (1968-y.) qonli voqealarda yaqqol koʻzga tashlandi. Shu bilan bir qatorda Varshava shartnomasiga «aʼzo-davlatlar teng huquqli boʻlib, birbirlarining ichki ishlariga mutlaqo aralashmaydi», degan qoidaga ham rioya etilmadi.

1991-y. 1-iyulda Varshava shartnomasiga aʼzo-davlatlar — Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, SSSR, Chexoslovakiya (V. sh. dan 1968-y. — Albaniya, 1990-y. — GDR chiqqan edi) ishtirokida Praga sh. da Siyosiy maslahat komitetining kengashida Varshava shartnomasini tugatish haqidagi bayonnoma imzolandi va tashkilot tugatildi.


Lotin alifbosida maqola: VARSHAVA SHARTNOMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GERMANIYA
XITOY
IKKINCHI JAHON URUSHI
BOLGARIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты