TOPAZ

TOPAZ (yun. topazos — Kizil dengizdagi orol nomidan) — orolli silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Al2[SiO4][OH,F]r Fe2Q, Fe3Q, Ti, Cr, V va b. aralashmalarga ega. Romb singoniyada kristallanadi. Rangsiz, och sariq, och havo rang, pushti boʻlib, nur taʼsirida oʻzgaradi. Topazning 60—80 kg dan 120 kg gacha boʻlgan kristallari maʼlum. Qattikligi 8, zichligi 3,4—3,6 g/sm3. T. asosan, rangli pegmatit va pnevmotolit konlarida dala shpati, kvars, turmalin, berill, volframit, kassiterit bilan birga, baʼzan esa sochmalarda uchraydi. Topazning piknit, fizalit (pirafizalit) kabi turlari mavjud. Shaffof Topaz — uchinchi tartibli qimmatbaho tosh. T. li jinslar (greyzenlar) olovbardosh material sifatida ishlatiladi. Topaz konlari Ukraina, RF (Ural), Braziliya, Madagaskar va Yaponiyada mavjud. Oʻzbekistonda Qurama, Chatqol va Markaziy Kizilkum togʻlaridagi feyzenlarda uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: TOPAZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
YER
UKRAINA
YAPONIYA
BRAZILIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты