TOPIVOLDIYEV

TOPIVOLDIYEV Mamadali (1919.20.9 — Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Pandigon qishlogʻi — 1969.7.5) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1941-y. dan frontda. Borisov sh. yaqinidagi jangda yaralangan va asirga tushib krlgan. 1942-y. asirlikdan qochgan. Belorussiyadagi partizanlar brigadasida razvedka boʻlinmasi komandiri. Topivoldiyev Mogilyov viloyati Krugloye rnidagi janglarda alohida jasorat koʻrsatgan. 1944-y. avg. da Kahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Armiya safidan boʻshatilgach, qishlogʻida kz raisi boʻlib ishlagan. Rishton tumanidagi Zodiyon qishlogʻida byusti oʻrnatilgan. Fargʻona, Rishton, Hamza sh. lardagi koʻchalarga, Rishton tumani qishloq kengashiga nomi berilgan. Pandigon qishlogʻida uymuzeyi bor. Mogilyov viloyatining Krugloye shaharchasi Topivoldiyev nomi bilan atalgan.


Lotin alifbosida maqola: TOPIVOLDIYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
IKKINCHI JAHON URUSHI
FRANSIYA
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты