VASIYLIK

VASIYLIK — muomalaga layoqatsiz fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish. Voyaga yetmaganlarga Vasiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi. Vasiylar oʻz himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladi. Voyaga yetmaganlarga Vasiylik ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari boʻlmagan, ota-onasi sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan taqdirda, shuningdek boshqa sabablarga koʻra bunday farzandlar otaona himoyasidan mahrum boʻlib qolgan, xususan, ularni ota-ona tarbiyalashdan yoxud huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan hollarda belgilanadi. 14 yoshga toʻlmagan fuqarolar, ruhiy kasal va aqli zaiflar nomidan vasiy harakat qiladi (OʻzR FK, 32-modda).


Lotin alifbosida maqola: VASIYLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FARZANDLIKKA OLISH
HOMIYLIK
ALIMENT
TOSHKENT
FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты