TOPINAMBUR

TOPINAMBUR, yernok (Helianthus tuberosus L.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimlik, tuganak mevali yemxashak ekini. Vatani — Shim. Amerika. Yevropaga 17-a. boshlarida keltirilgan. Rossiyada 18-a. da tarqalgan. Oʻzbekistonda silosbop ekin sifatida ekiladi. Poyasining koʻrinishi kungaboqarnp eslatadi. Yer osti poyalarida 20—70 ta noksimon (yernok nomi shundan), choʻzinchoq, urchuqsimon va sirti silliq yoki burushikdi tuganak hosil boʻladi. Ildizi popuksimon, tuproqqa 2—3 m kirib boradi. Boʻyi 1,2—2,5, baʼzan 4 m gacha. Barglari bandli, tuxumsimon, gullari savatchatoʻpgulga yigʻilgan. Mevasi pista, 1000 dona pistasi vazni 7—8 g.

Topinamburning yer usti poyasi —6°, yer osti poyasidagi tuganaklar —20° ga chidaydi. Shoʻrlanmagan tuproqlarda oʻsadi, oziqaga talabchan. Oʻsuv davri 120—200 kun. T. ayni paytda texnik va oziq-ovqat oʻsimligi hisoblanadi. Tuganagi oziqovqatga ham ishlatiladi. Tarkibida 2,3% oqsil, 0,2% moy, 17,9% azotsiz moddalar, 1,3% kul va b., shuningdek, 16—18% inulin [undan qand (fruktoza), spirt ishlab chiqariladi], V,, S vitaminlar, 100 kg palagida 22,5 ozuqa birligi va 1,8 kg gʻazm boʻluvchi protein bor. T. dan tibbiyotda har xil doridarmonlar tayyorlanadi. Topinambur yetishtirish uchun 25—50 g li tuganaklari ekiladi (yiriklari faqat bahorda kesib ekilishi mumkin). Ekish sxemasi: 70×70, 60×60, chuq. 10—15 sm. Poyasi yoz oʻrtasida oʻriladi, kuzda tuganagi kavlab olinadi. Koʻkati oʻrilmasa tuganak hosildorligi yuqori boʻladi. Hosildorligi: koʻk massa boʻyicha 350 — 500 s/ga, tuganagi boʻyicha 200—250 s/ga. Tuganagi yer ostida yaxshi sakdanadi, shu sababli uni zaruratga qarab kavlab olinadi.

Kasalliklari: ildiz chirish, nekroz. Zararkunandalari: tunlamalar, uzuntumshuq, simqurt.

Halima Otaboyeva.


Lotin alifbosida maqola: TOPINAMBUR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ROSSIYA
KARTOSHKA
KUNGABOQAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты