TOPISHMOQ

TOPISHMOQ, topmacha, jumboq, matal — xalq ogʻzaki poetik ijodining eng qad. va ommaviy janri. Jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. Topishmoq larda xalq hayoti, turmush darajasi madaniyati, urfodatlari maʼlum darajada oʻz ifodasini topadi. Topishmoqda yechilishi mumkin boʻlgan soʻroq majoziy shaklda ifodalanib, uning maʼnosi yashirincha boʻladi. Topishmoqda narsa yoki hodisa boshqa narsa yoki hodisaga oʻxshatish, oʻzaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladi. Topishmoqlar baʼzan nasriy, koʻpincha sheʼriy shaklda, kompozitsion va ritmik jihatdan ixcham, sodda va ohangdor boʻladi. Mac, «Bir parcha patir, olamga tatir» (Oy); «Oppoq dasturxon yer yuzini qoplagan (qor); «Past osmondan qor yogʻar» (elak). Ayrim Topishmoqlar maqol xususiyatiga ham ega boʻladi. Mac, «Hammaga toʻn tikaman, oʻzim yalangʻoch» (igna). T. da metafora, oʻxshatish, mubolagʻa, sifatlash, takror kabi ifoda vositalari keng foydalaniladi. Mac, «Oʻzi bir qarich, soqoli qirq qarich» (igna), «Yer tagida oltin qoziq» (sabzi), «Zilzil gilam, zil gilam, zildan ham ogʻir gilam» (yer) kabi.

Topishmoq aytish, asosan, bolalarning soʻz boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi. Topishmoqdan doston va ertaklarda keng foydalaniladi. «Oshiq Oydin», «Oshiq Alvand», «Xirmon Dali», «Yozi bilan Zebo», «Alpomish» va b. dostonlarda, «Podsho bilan donishmand chol» ertagida Topishmoq namunalari bor. T. bilan bogʻliq masalalar folklorshunoslikda tadqiq etiladi.

Ad.: Husainova 3., Oʻzbek topishmoqlari, Topishmoq, 1966.


Lotin alifbosida maqola: TOPISHMOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XALQ IJODI
ALISHER NAVOIY
YER
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты