TOPOGRAFIK PLAN

TOPOGRAFIK PLAN — joy konturlari va relyefining kichraytirib, oʻziga oʻxshash holda, Yer sferikligini hisobga olmay qogʻozda tasvirlangan gorizontal proyeksiyasi. Topografik planda joyning predmet va konturlari monoepafik shartli belgilar bilan, relyef esa gorizontallar bilan tasvirlanadi. Topografik planda masshtab oʻzgarmas, konturlar tasviri esa, ularni joydagi holati (qiyofasi) bilan oʻxshashligini saqlagan boʻladi. Topografik plan 1:5 000, 1:2 000, 1:1 000, 1:500 masshtablarda, asosan, joyning topografii syomkasini bajarish bilan yoki ayrim holatlarda xaritafafik materiallar asosida tuziladi.

Topografik plan vazifasi xilmaxil boʻlib, asosan, shahar va aholi yashash joylarining bosh planini ishlab chiqish, yer kadastrini olib borish va b. maqsadlar uchun topografik asos sifatida xizmat qiladi.


Lotin alifbosida maqola: TOPOGRAFIK PLAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
TOPOGRAFIK XARITALAR
GLOBUS
MASSHTAB


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты