TOPOGRAFIK SYOMKA

TOPOGRAFIK SYOMKA — topografik plan yoki xarita asl nusxasini yaratishda bajariladigan ishlar. Bu ishlar joy topografik elementlarining planli oʻrnini va balandligini geodezik asos punktlariga nisbatan aniklash va ularni qogʻozda shartli belgilar bilan tasvirlashdan; aholi yashaydigan joylar, daryolar, koʻllar va b. nomlarini aniqlashdan, planda tasvirlanadigan joyning topografik elementlari — daryolar suvi oqimining yoʻnalishini, oʻrmon daraxtlarining turi va oʻlchamlarini va b. ni aniqlashdan iborat.

Hoz. kunda Topografik syomka stereotopografik, qoʻshma aerofototopografik (fotoplanda bajariladigan syomka), yer usti fototopografik va menzula syomkalar usullarida bajariladi. Stereotopografik va qoʻshma aerofototopografik syomka eng asosiy Topografik syomka usullari xisoblanadi. Yer usti fototopografik syomka togʻli hududlarda mustaqil ravishda hamda aerofototopografik syomka usuli bilan birga qoʻllanishi mumkin. Menzula syomkasi aerofotosyomka materiallari boʻlmagan hollarda qoʻllanadi. Syomkalar boshqa (taxeometrik syomka, teodolit syomka) usullarda ham bajarilishi mumkin; bunda tuziladigan topografik planlarning anikGʻshgi va mazmuni belgilangan talablarga javob bera olishi shart.


Lotin alifbosida maqola: TOPOGRAFIK SYOMKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
GEODEZIYA
MENZULA SYOMKASI
TOPOGRAFIK SHARTLI BELGILAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты