VASILIY II Bolgaroboysa (958 — 1025) — Vizantiya imperatori (976-y. dan), makedonlar sulolasidan. Kichik Osiyoda Varda Sklir raqbarligidagi aslzodalar qoʻzgʻolonlari (976—979) va (987—989)ni bostirgan. Fotimiylarga qarshi Suriyaga muvaffaqiyatli yurish qilgan (995); Gruziya va Armaniston yerlarini bir qismini bosib olgan. Bolgariyani boʻysundirgan (laqabi shundan) (1018). Singlisi Annani Kiyev knyazi Vladimir 1 ga uzatgan.