TOPOGRAFIYA

TOPOGRAFIYA (yun. topos — joy va …grafim) — Yer sirti (qurukGʻshk tabiiy sirti elementlari va unda joylashgan inson faoliyatiga bogʻliq obyektlar) ni geometrik jihatdan oʻrganish, ularni plan va xaritalarda tasvirlash bilan shugʻullanadigan ilmiy-texnik fan.

Topografiya yirik masshtabli topografik xaritalarni tuzish bilan bogʻliq dala oʻlchash va hisobchizma ishlarini; joyda syomka bazasi tarmogʻini qurish; oddiy asbob va usullarda bajariladigan syomka ishlarini, aerofototopografik usulda bajariladigan syomka ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish; topografik xaritalar tuzishning hamma bosqichlarida tahririy ishlarni taʼminlash; topografik xaritalar uchun shartli belgilarni ishlab chiqish va ularni mukammallashtirish kabi masalalar bilan shugʻullanadi.

Yer tabiiy sirtini oʻrganishda Topografiya tabiiy va iqtisodiy geografiyaga asoslanadi; Yer sirtining tasvirini qogʻoz (tekislik)da hosil qilish (topografik xaritani yaratish)da esa u geodeziya va xaritagrafiya maʼlumotlaridan foydalanadi. Topografik syomka asosida yaratilgan topografik xaritalar umumgeografik xaritalarning negizi hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: TOPOGRAFIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
GEOGRAFIYA
YER
GEODEZIYA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты