TOPOZERO — RF Kareliya Respublikasining shim. qismidagi koʻl. Mayd. 986 km2. Chuq. 56 m gacha. 109 m balandlikda. Shim. va shim. gʻarbdan jan. va jan. sharqqa choʻzilgan. Topozeroda 150 ga yaqin orol bor (umumiy mayd. 63 km2). Muzliktektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan. Kanal va Pongoma daryosi orqali Oq dengiz bilan tutashgan. Asosan, qordan toʻyinadi. Topozero suvi tiniq va chuchuk. Okt. oxiri — noyab. da muzlab, may oyida eriydi. Sathi iyunda eng yuqori, apr. da eng past. Kum GES qurilganidan keyin (1966) Kum suv omborining tarkibiy qismi boʻlib qoldi. Yogʻoch oqiziladi. Baliq ovlanadi.