VASILYEV Vitaliy Anatolyevich

VASILYEV Vitaliy Anatolyevich (1939.28.12, Toshkent) — balet artisti, Oʻzbekistan xalq artisti (1974). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1958). 1958—60 y. larda Saratov opera va balet teatrida, 1960—64 y. larda Krzoq opera va balet teatrida, 1964—79 y. larda Navoiy teatrida balet solisti. 1979-y. dan Navoiy teatri balet truppasida repetitor-pedagog. Ijro etgan partiyalarida mumtoz raqs shakllarini oʻzbek millim xoreografiyasi harakatlari bilan uygʻunlashtirib, qahramonning ichki dunyosini ustalik bilan ifodalagan. Qaxramonona, hajviy, lirik-romantik va xarakterli partiyalarni mohirona ijro etgan. Eng yaxshi partiyalari: Don Juan («Don Juan»), Zigfrid («Oqqush koʻli»), Spartak («Spartak»), Suhayl («Suhayl va Mehri»), Mirza Izzat («Sevgi tumori»), Temur Malik («Sevgi va shamshir»), Usta («Tanavor»), Antoniy («Antoniy va Kleopatra») va b. Hamza nomidagi Oʻzbekistan Davlat mukofoti laureata (1970).


Lotin alifbosida maqola: VASILYEV Vitaliy Anatolyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BALET
ALISHER NAVOIY
AMIR TEMUR
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты