VASIQA

VASIQA, kupchiy — Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida (shu jumladan, 1917-y. gacha Turkistonda) yer-mulk oldi-sotdisi toʻgʻrisida tuzilgan rasmiy shartnoma. V. koʻchmas mulkka (yer-suvga va xoʻjalik binolariga) doimiy yoki vaqtinchalik egalik qilish huquqini bergan. Turkiston qozixonalarida Vasiqa faqat bir nusxada (shariat qonunlariga asosan) tuzilgan; bunda har ikki taraf (oluvchi va sotuvchi) hamda ryeoviap V. ga imzo chekkach, uni qozi imzolab muhrlagan. Amirlar yer va b. koʻchmas mulklarini tortiq qilganlarida, Vasiqani oʻzlari berganlar. Shariat qonunlari amal qilgan joylarda Vasiqalar sudi va sudyasi (vasoiq mahkamasi) mavjud boʻlib, ularga Vasiqalar qonuniyligini koʻrib chiqish vakolati ham berilgan. Hoz. kunda ham Afgʻonistonda, ayrim arab mamlakatlarida Vasiqa rasmiy hujjat vazifasini oʻtaydi.


Lotin alifbosida maqola: VASIQA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YER
XUSUSIY MULK
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты