VASKULIT

VASKULIT (lot. vasculum — tomircha) — qon tomirlari devorining yalligʻlanishi. Kelib chiqishiga koʻra birlamchi va ikkilamchi Vaskulit farq qilinadi. Ikkilamchi Vaskulitga yuqumli (toshmali terlama, skarlatina, sepsis va b.), sistemali (revmatizm, sistemali kizil yuguruk va b.), shuningdek toksiko-allergik (gripp, angina va h. k.) kasalliklar sabab boʻladi. Vaskulitga asosan isitma (isitma har gal yangi qon tomiri yalligʻlanganda xuruj qilib turadi), qon quyilishi, toshmalar toshishi, kasallangan tomir sohasidagi terining jonsizlanishi xos. Tomirlarda tromblar (trombovaskulit), nevrozlar va anevrizma paydo boʻlishi mumkin. Davo Vaskulitga sabab boʻlgan asosiy kasallikni bartaraf etishdan iborat.


Lotin alifbosida maqola: VASKULIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANEVRIZMA
Nasiba Abdullaeva - Bari gal
YER
INFEKSION KASALLIKLAR
OVQATDAN BOʻLADIGAN TOKSIKO-INFEKSIYALAR VA INTOKSIKATSIYALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты