VASL

VASL (arab. — birikish, yetishish) (adabiyotda) — aruz tizimida undosh tovush bilan tugagan soʻz oxiridagi undoshniig, vazn taqozosiga koʻra, oʻzidan keyin keluvchi soʻz boshidagi unli bilan yangi metrik boʻgʻin hosil etishi. Mac, Alisher Navoiyning hazaj bahrida yozilgan quyidagi sheʼriy misralarida: Falak ham mehrin oqshom aylamas fosh,/ V — — V — — — V — — Boʻlur zohir / chu anjumdin toʻkar yosh / v__ _V — — — v — — 1 2 3 «mehrin» soʻzining birinchi boʻgʻini — «meh» 1-ruknga, ikkinchi boʻgʻini — «rin» 2-ruknga qarashli. Ikkinchi ruknning birinchi boʻgʻini vaznga koʻra qisqa (v) boʻlishi lozim, biroq bu oʻrindagi «rin» boʻgʻini choʻziqdir (—), lekin shu boʻgʻindagi «n» undosh tovushi oʻzidan keyin kelayotgan soʻz (oqshom) unli («o») tovush bilan boshlanayotganligi sababli, shu unliga biriktirib, qoʻshib talaffuz etiladi, natijada «rin» yopiq boʻgʻini «ri» ochiq boʻgʻiniga, yaʼni qisqa boʻgʻinga (v) aylanadi. Vasl nutqiy hodisa boʻlib, sheʼr ritmini ancha silliqlaydi.


Lotin alifbosida maqola: VASL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ARUZ
SHEʼR TUZILISHI
QOFIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты