VASLA

VASLA (arab, vasl) — mumtoz sheʼriyatdagi fonetik hodisa. Ikki soʻzning nutqda sandxi talaffuz etilishiga koʻra ulardagi boʻgʻinlarning qayta boʻlinishi. Vasla bir necha koʻrinishda kuzatiladi: 1. Yopiq tugagan boʻgʻinli soʻz ketidan unli b-n boshlangan soʻz kelib, ular qoʻshilib talaffuz etilsa, avvalgi soʻzning soʻnggi undoshi keyingi soʻz birinchi boʻgʻinining boshi holida talaffuz etiladi. Mac, zor etdi zo-ret-di. 2. Unli bilan tugagan soʻz ketidan unli bilan tugagan soʻz kelib, talaffuz etilsa, soʻzlar qoʻshilishida yondosh boʻlgan unlilarning biri qisqaradi, yaʼni: ne uchun ne-chun. 3. Unli bilan tugagan soʻz ketidan sandxi qoʻllanuvchi soʻzning birinchi undoshi unli tomonidan assimilyatsiya qilinishi ham mumkin. Bunda ham bir unli qisqarishi va soʻzlarda boʻgʻin kamayishi kuzatiladi. Mas., ya-liya-li yal-ya-li kabi. Vasla nutqiy hodisa boʻlib, mumtoz adabiyotda badiiy uslub vositasi sifatida tavsiflanib keladi.


Lotin alifbosida maqola: VASLA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ARUZ
USLUB
XITOY
FRANSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты