VASLIY

VASLIY (taxallusi; asl ismi Sayd Axmad usta Azim oʻgʻli) (1870 — Samarqand — 1925.29.10) — oʻzbek va tojik shoiri, maʼrifatparvari. Toshkent (1883-91) va Buxorodagi (1893-1902) Koʻkaldosh madrasalarida oʻqigan. Buxoroda (1903—09), Samarqanddagi Orifjonboy va Qusam ibn Abbos madrasalarida mudarrislik qilgan (1909—17). Ulugʻbek madrasasida yangicha usul maktablari uchun muallimlar tayyorlash kursida dars bergan, adabiy toʻgarak ochib, unga homiylik qilgan (1918—22). Vasliy milliy matbuotning shakllanishida faol qatnashgan. Maqola va sheʼrlari maorifni isloh qilish, millat ravnaqi kabi masalalarga bagʻishlangan. Vasliy ijodiy merosidan 12000 misra sheʼr va «Armugʻoni doʻston» (1909), «Asos ul-islom» (1904), «Tuhfat ul-ahbob» (1912), «Taʼlim va bildurmakning foydaluv oʻlmoqi» (1914) kabi 25 risolasi yetib kelgan.

As: Imom Aʼzam tarixi, T., 1995.


Lotin alifbosida maqola: VASLIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Said Ahmad Vasliy (1870-1925)
TOSHKENT
ULUGʻBEK
ISLOM
JADIDCHILIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты