VASNETSOV Viktor Mixaylovich

VASNETSOV Viktor Mixaylovich [1848. 3(15) .5, Lopya qishlogʻi, hoz. Kirov viloyati — 1926.23.7, Moskva) — rus rassomi, Peterburg BA haqiqiy aʼzosi (1893). Peterburg BAda taʼlim olgan (1868—75). 1880-y. lardan milliy tarixiy mavzularda, ertaklar mazmuniga oid asarlar yaratdi. Epik asarlarida xalq gʻoyalari va yuksak vatanparvarlik tuygʻularini aks ettirishga intildi, qad. rus amaliy va bezak sanʼati anʼanalarini rivojlantirdi: «Igor Svyatoslavichning qipchoqlar bilan jangidan soʻng» (1880), «Alyonushka» (1881), «Boʻriga mingan shahzoda Ivan» (1889), «Bahodirlar» (1881—98), «Shoh Ivan Vasilyevich Grozniy» (1897) va b. 1880— 90 y. lardagi ishlari teatr bilan bogʻliq, bu davrda yaratilgan asarlari rus teatr dekoratsiyasi sanʼati rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Tarix muzeyi uchun «Tosh davri» mahobatli namoyonini yaratdi (1883—85), Kiyevdagi Vladimir sobori devoriy rasmlari (1885—96) 19-a. 2-yarmida inqirozga yuz tutgan anʼanaviy cherkov mahobatli rang tasviri tizimiga ruhiy mazmun va joʻshqinlik kiritdi. Koʻplab portretlar yaratgan. Vasnetsov rasmlari asosida cherkov va afsonaviy «Tovuq oyogʻidagi uycha» (1883, Abramsovoda) bunyod etilgan, Tretyakov galereyasi fasadi qurilgan (1902).


Lotin alifbosida maqola: VASNETSOV Viktor Mixaylovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
FRANSIYA
XITOY
TARIX
RANG-TASVIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты