VASSALLIK (lot. vassalus — vassal, vassus — xizmatkor) — oʻrta ayerlarda Gʻarbiy Yevropada feodallar bir toi-fasi — vassallarning boshqasi — senyorlardan shaxsiy qaramlik munosabatlari tizimi. Vassallik, odatda, senyordan feod olib, evaziga muayyan majburiyatlarni: oʻz xojasini qoʻriqlashi va uning moddiy manfaatlarini himoya qilishi, bir yilda qirq kun harbiy xizmat oʻtashi yoki oʻz qaramogʻidagi mulki miqdoriga qarab otryad yuborishi, shuningdek ayrim vaqtda pul yordami berishi lozim boʻlgan. Biroq Vassallik koʻpincha bu majburiyatlarni bajarmay, oʻz egasi — senyoriga qarshi ham turgan. Oliy senyor (syuzeren) vassaliga aylangan yirik feodallarning ham oʻz navbatida vassallari boʻlgan.