TORBURUN MAYMUNLAR

TORBURUN MAYMUNLAR, eski dunyo maymunlari (Catarhina) — odamsimon primatlar guruhi. Qazilma qoldiqlari neogen davri — toʻrtlamchi davrning 2yarmidan boshlab Sharqiy yarim sharda maʼlum. 4 oila: martishkasimonlar, gibbonsimonlar, pongidlar va gominidlarga boʻlinadi. 100 ga yaqin turi bor. T. m. (yoʻgʻon gavdalilardan tashqari) burun boʻshligʻi toʻsigʻi tor, burun teshiklari oʻzaro yaqinlashgan va pastga qaragan. Jun qoplami va tanasining ayrim kiyemlari baʼzan rangli. Bosh miyasi yaxshi rivojlangan. Daraxtda va yerda yashaydi. Oʻsimlikxoʻr yoki hammaxoʻr.

Oila yoki tuda boʻlib hayot kechiradi. Koʻpchilik turlari tutqunlikka tez koʻnikadi.


Lotin alifbosida maqola: TORBURUN MAYMUNLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
ODAM
OKEAN
NEOGEN SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты