VASSARGʻA

VASSARGʻA — oʻrta hamda kechpishar xuraki va vinobop uzum navi. Xalq seleksiyasi yoʻli bilan Oʻzbekistonda chiqarilgan. Oq va kora V. xillari bor. Tupi oʻrtacha kuchli oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi katta (16—18 sm), besh boʻlakli, kam kertikli, arra tishli. Oq V. ning uzum boshlari oʻrtacha (boʻyi 13 — 20 sm, eni 6—10 sm), silindr-konussimon, oʻrtacha tigʻiz. Ogʻirligi 250 g. Gʻujumi oʻrtacha (17—19 mm), dumaloq, baʼzan tuxumsimon, sargʻish, karsillaydi, poʻsti yupqa. Avg. oʻrtalarida pishadi. Tarkibida qand 21—23% ga bo-radi. Hosildorligi 100—120 s/ga. Qora Vassargʻaning uzum boshlari katta (19—24 sm), konussimon, oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 300—400 g. Gʻujumi oʻrtacha, dumaloq, qora, poʻsti qalin, sent. ning ikkinchi yarmida yetiladi. Tarkibida 22—23% qand bor. Hosildorligi 140—160 s/ga. Qora Vassargʻadan 1936-y. dan «Vassargʻa» qizil desert vino ishlab chiqariladi. Oq V. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Fargʻona viloyatlarida, qora Vassargʻa Qashqadaryo viloyatida koʻp ekiladi.


Lotin alifbosida maqola: VASSARGʻA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
XITOY
VINO-ARAQ SANOATI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты