VASSOF

VASSOF, Abdulloh ibn Fazlulloh Sheroziy (13-a. 2-yarmi — 14-a. 1-choragi) — tarixchi, Vassof al-Hazrat — «Oliy hazratlarining vasf qiluvchisi» laqabi bilan shuhrat qozongan. Erondagi Hulokuiylar davlatining moliya devonida xizmat qilgan. 1328-y. «Tajziat alamsor va tazjiyat al-aʼsor» («Viloyatlarning boʻlinishi va asrlarning oʻtishi») nomli tarixiy asarini yozib tugatgan. U «Tarixi Vassof» («Vassof tarixi») nomi bilan mashhur boʻlib, 5 qismdan iborat. 1257-y. dan 1328-y. gacha boʻlgan davrni qamrab olgan. Asar Eron tarixi uchun qimmatli manba hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: VASSOF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
IBN SINO
ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты