TORIY RUDALARI

TORIY RUDALARI — tarkibidagi Th sanoatda foydalanish uchun texnik tomondan qulay va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq birikma va konsentratsiyalarda boʻlgan tabiiy mineral hosilalarning shartli nomi. Th ning xususiy konlari nomaʼlum: odatda, polimetall rudalar majmuidan Nb, Ta, Zr, U, kamyob yer elementlari va boshqalar bilan birgalikda yoʻlyoʻlakay qazib olinadi. Bunday rudalarda Th ning miqdori 0,01 dan 0,1% gacha boʻladi. Ularning barchasi ishqorli magmatik jinslar bilan aloqador. Asosiy minerallari: monatsit (ThO2 28% gacha), torit (ThO2 77% gacha), torianit [(Th,U)O2 45—93%]. Toriyli konlarning genetik tiplari orasida endogen va ekzogen konlar farq qilinadi. Endogen konlar guruhida pegmatit (Bankroft — Kanada), karbonatit (MauntinPass—Kaliforniya), gidrotermal (Stinkampskraal — JAR), albitit, skarn va magmatik konlar maʼlum. Ekzogen konlar turly (ellyuvial, allyuvial, zamonaviy va koʻmilgan dengizqirgʻoq — boʻyi) monatsitli sochmalardan tashkil topgan. Ular toriyning asosiy manbasi hisoblanadi. Yirik dengizqirgʻoqboʻyi sochmalar Hindistonda va Braziliyada maʼlum.


Lotin alifbosida maqola: TORIY RUDALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KANADA
MINERAL
TORIY
SURMA RUDALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты