TORIT

TORIT — orolli silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi ThSiO4. T. ning turlari: oranjit (toʻq sariq rangli shaffof turi); uranotorit (UO2 10% gacha); torogummit (N2O 15% gacha); ferritorit (Fe2O3 13% gacha); kalsiotorit va fosfor tarkibli T — auerlit. Undan tashqari, Torit tarkibida aralashma sifatida (ThO2 77% gacha), A1, Ti, Mn, U, TR, Fe, Sa, R hamda kamyob yer elementlari mavjud. Tetragonal singoniyada kristallanadi. Odatda, donador agregatlar koʻrinishida boʻladi. Koʻpchilik Toritlar metamikt mineral (q. Metamikt minerallar). Rangi qora, qizgʻishqoʻngʻir, toʻq sariq. Qattiqligi 4,5—5, zichligi 4,1—6,7 g/sm3. Kuchli radioaktiv (q. Radioaktiv minerallar). T. shaffof, anizatrop, moʻrt, yogʻdek yaltiraydi. Granitlarda, baʼzan ishqorli togʻ jinslarida, pegmatitlarda va gidrotermal tomirlarda aksessor mineral tarzida uchraydi. Toritlar, odatda, katta uyumlar hosil qilmaydi, kassiterit, sirkon bilan birga sochmalardan olinadi. Toriy rudasi (q. Toriy rudalari). Oʻzbekistonda ChatqolQurama regionining granitoidlarida aksessor mineral holida uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: TORIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINERAL
TORIY
RADIOAKTIV MINERALLAR
FOSFOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты