VASF

VASF (arab. — sifatlash, taʼriflash) — lirika janri. Vasfga taom turlari, meva xillari, sabzavot, fasllar, koʻpik, suv, yomgʻir, doʻl, oy, muz va b. Ham mavzu qilib olinishi mumkin. Unda inson narsa orqali koʻrsatiladi, tasvir qiyosiy tus oladi, taqqos kutilmagan, favqulodda boʻladi, narsa jonlantiriladi. Inson obrazi va xislati toʻgʻridan-toʻgʻri tasvir etilmaydi, kitobxon oʻylashga majbur boʻladi, emotsional taʼsirlanadi. Vasf maʼrifiy-estetik ahamiyatga ega, janr tuzilishi va vazni har xil boʻlishi mumkin. Avestoda uchrashi haqida ham maʼlumotlar bor. Arab mamlakatlarida islomgacha boʻlgan davrdayoq qasida janri ichida qoʻllangan; u topishmoqlar, masalga yaqin.

Vasf hajmi bir baytdan to oʻn baytgacha va undan ortiq boʻlishi mumkin, qisqalik, loʻndalik uning muhim tomonidir. Vasf arablarda mustaqil janr sifatida 10-a. da shakllangan. Shu asrda Buxoroda yashab, arab tilida ijod qilgai shoirlar Vasf yozganlar. Zamonaviy oʻzbek adiblari ijodida Vasf koʻplab uchraydi.

Ad.: Abu Mansur as-Saolibiy, Yatimat ad-dahr, T., 1976; Adabiy turlar va janrlar, 2-j. T., 1992.


Lotin alifbosida maqola: VASF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
YER
IBN SINO
TOSHKENT
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты