TORMOZ

TORMOZ (yun. tormos — gʻildirakni aylantirmay qoʻyadigan mix tiqiladigan teshik) — mashina yoki mexanizmning harakat tezligini pasaytirish yoki butunlay toʻxtatish uchun, koʻtarishtashish mashinalarida esa yukni osilgan holatda tutib turish uchun moʻljallangan qurilma. Ishlash usuli boʻyicha mexanik (friksion, ishqalanma), gidravlik (suyuklikli) va elektr (elektromagnit, induksion va b.); tuzilishiga koʻra, kolodkali, tasmali (lentali), disksimon, konussimon va b. turlarga boʻlinadi. Mashinalar va mexanizmlar (koʻtarishtashish mashinalari, stanoklarning mexanizmlari, t. y. vagonlari)da tashqi kolodkali, avtomobillarda ichki kolodkali Tormozlar, qoʻl T. lari ishlatiladi. Bunday Tormoz larda kolodkadan tashqari baraban, sharnir, tortish prujinalari (richag tizimlari) boʻladi. Tasmali Tormozda kolodkalar oʻrniga barabanni kamrab turuvchi tasma (lenta) ishlatiladi. Bunday Tormozlar koʻtarishtashish mashinalarining koʻtarish, surish va burish mexanizmlarida qoʻllanadi. Diskli Tormoz larda mexanizm vali bilan birga aylanuvchi disklarning boshqa qoʻzgʻalmas diskka qisilishi tufayli tormozlanish yuz beradi. Bunday Tormozlar transport mashinalarining turli mexanizmlarida, metall kesish stanoklarida ishlatiladi.

Ogʻir transport mashinalari, mas., yuk avtomobillarida diskkolodkali Tormozlar ishlatiladi. Bunda tormozlanish disk yon sirtining friksion kolodkalar bilan ishqalanishi xisobiga yuz beradi. Koʻtarish mashinalari, konverterlar, sinov qurilmalari va b. da tezlik (tezlikni cheklash) Tormozlari ishlatiladi. Bunday Tormoz larning markazdan qochma, dinamik (gidravlik), uyurma (induksion) va b. turlari boʻladi. Tormozlarni boshqarish uchun mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektrgidravlik, elektrmexanik va b. yuritmalardan foydalaniladi. Mas., yengil avtomobillar va koʻtarish kranlarida gidravlik boshqarish tizimi, yuk avtomobillari, avtobuslar, tramvaylar, t. y. poyezdlarida, samolyotlarning shassisida pnevmatik tizim qoʻllanadi.

Tormozning elektr yuritmasida maxsus doimiy yoki oʻzgaruvchan tok elektromagnitlaridan foydalaniladi. Bular elektr transport (elektrovozlar, tramvay, trolleybus va b.)da qoʻllanadi.

Aviatsiya va kosmonavtakada aerodinamik tormozlash usuli (tormoz parashyutlari, samolyot qanotidagi mexanizatsiya elementlari yordamida), mashina dvigatelining ish rejimini tormozlash usuli (mas., avtomobildagi sekinlashtiruvchi tormoz yordamida) ham qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: TORMOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PAXTA TERISH MASHINALARI
MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASI
YER
MEXANIZM
TASMALI UZATMA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты