VATVOT

VATVOT, Rashididdin, Rashid [taxalluslari (Vatvot — koʻrshapalak, uchar sichqon, adibning jussasi kichikligiga ishora); asl ismi Muhammad bin Abduljalol al-Umariy] (1087, Balx — 1177 yoki 1183, Xorazm) — shoir, adabiyotshunos olim. Balxning «Nizomiya» madrasasida taʼlim olgan, falsafa, adab haqidagi ilmlarni chuqur oʻrgangan. Keyinchalik Xorazmga kelib, Xorazmshoh Otsiz (1127—56) sa-royida ijod qilgan. «Saʼd-al-mulk» («Mamlakat baxti») faxriy unvoniga sazovor boʻlgan. Fors va arab tillarida yozgan. Gʻazal, ruboiy, qitalarida adolat, odamiylik, insoniy muhabbatni ulugʻlagan. Qasidalari xorazmshohlarga bagʻishlangan. Sheʼriyat nazariyasiga oid «Hadoiq as-sehr fi daqoiq ash-sheʼr» («Sheʼriy nozikliklardan sehr bogʻlari») asari 1156-y. gacha Xo-razmda yozilgan. Unda tajnis, sajʼ, zulqofiyatayn, maqlubi mustavi, savoljavob kabi sheʼriy sanʼatlar haqida soʻz yuritilgan. Asar keyingi davr shoir va adabiyot olimlariga qoʻllanma sifatida xizmat qilgan. Adabiyotshunos Sharafiddin Romiy (14-a.) bu asarga «Hadoiq al-haqoyiq» («Xaqiqat bogʻlari») nomli sharh yozgan. Shams Qays Roziy, Ataulloh Xusayniy sheʼriy sanʼatlar haqidagi asarlarida unga murojaat qilganlar. Bobur ham «Muxtasar» risolasida Vatvotni tilga olgan.


Lotin alifbosida maqola: VATVOT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
IBN SINO
XORAZM VILOYATI
XORAZMSHOHLAR DAVLATI
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты