TOROGʻIZ BAQALAR

TOROGʻIZ BAQALAR (Brevicipitidae) — dumsiz suvda va kuruklikda yashovchilar turkumiga mansub hayvonlar oilasi. 260 turi bor. Daraxt ustida, yerda, tuproqni kovlab yashovchi turlari mavjud. Tashqi koʻrinishi va tuzilishi juda xilmaxil. Tanasining uz., odatda, 2—4 sm, ayrim turlariniki 10 sm dan ortiq. Urgʻochisi nisbatan yirik. Torogʻiz baqalarning ogʻzi tor (nomi shundan). Tungi hayvon. Hasharotlar, asosan, chumolilar va termitlar bilan oziqlanadi. Suv havzalarida koʻpayadi. Koʻpayish davrida baland ovoz bilan sayraydi. Quruqlik muhitiga moslashuv natijasida ayrim Torogʻiz baqalar rivojlanishida itbaliqdavri yoʻqolgan. Janubi Sharqiy Osiyo, Avstraliya, Jan. Afrika, Madagaskar va Amerikaning tropik kismida tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: TOROGʻIZ BAQALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OSIYO
XITOY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты