TOROGʻIZ ILONLAR

TOROGʻIZ ILONLAR (Leptotyphlopidae) — ilonlar kenja turkumi oilasi. Koʻrinishi chuvalchangsimon, mayda, uz. 30—37 sm, 40 (baʼzi manbalarda 47) turi bor. T. i. ning tashqi koʻrinishi Oʻzbekistonda uchraydigan koʻrilonga oʻxshash. Tanasi 14 qator joylashgan toʻgarak tangachalar bilan qoplangan. Chanoqkamari skeleti rudimenti saklanib qolgan. Yuqori jagʻida tishlari yoʻq. Pastki jagʻlarida 2 qator mayda tishlari bor. Ogʻzi katta ochilmaydi (nomi ham shundan). Torogʻiz ilonlar yer ostida yashaydi. Afrika, Jan. Gʻarbiy Osiyo, Jan. va Markaziy Amerikada tarqalgan. Tuproqsa, toshlar ostida va termitlar uyasida yashaydi. Shomda faol. Torogʻiz ilonlar termit, chumoli va mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. 4 tagacha tuxum qoʻyib koʻpayadi.


Lotin alifbosida maqola: TOROGʻIZ ILONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OSIYO
TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты